Samarqandda Turkiya Bosh konsulxonasi ochildi

Jamiyat

image

Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda Turkiya Respublikasining Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu nutq so‘zlagan. Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etgan.

Komilov o‘z nutqida O‘zbekiston rahbariyati va Hukumati nomidan turkiyaliklarni xorijdagi 250 ta turk dipmissiyalari qatoridan Samarqanddagi Bosh konsulxona ham joy olgani bilan samimiy tabriklab, ularga yangi Bosh konsulxona faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilagan.

Ma’lumot uchun, Turkiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasini mustaqil davlat sifatida eng birinchilardan bo‘lib tan olgan va 1992 yil 28 aprelda Toshkentda o‘z Elchixonasini ochgan ilk xorijiy davlat bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing