Samarqandda tungi klub qo‘riqchilari fuqarolarni kaltakladi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Samarqanddagi tungi klub oldida janjal qilgan bir guruh shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Joriy yilning 7 avgust kuni fuqaro E.B. o‘zining tanishi bilan Samarqand shahrida joylashgan “Bassiane” nomli tungi klubga dam olish maqsadida kirmoqchi bo‘lgan vaqtida, klubda qo‘riqchi bo‘lib ishlovchi R.M. ularni klubga kiritmasligini aytib, turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, bir guruh sheriklari bilan ularni urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.M. va boshqa shaxslarga nisbatan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Janjalda bir kishi vafot etganligi to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

438

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing