Samarqandda terrorchilarga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar ushlandi – DXX

3-sahifa

image

Samarqandda terrorchilik tashkilotlarining g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan 12 nafar fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro N.J. ijtimoiy tarmoqda 12 nafar mahalliy fuqarodan iborat virtual jamoat tuzgan. Shundan so‘ng, terroristik tashkilotlar g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni muntazam ravishda jamoat a’zolariga tarqatib, ular bilan muhokama qilib kelgan.

Natijada jamoat a’zolarining 8 nafari Suriya davlatiga borib xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgan. 

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

478

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing