SamDU talabasi o‘zini 9-qavatdan tashlagani ma’lum bo‘ldi
3-sahifa
−
01 aprel 2022
20479Avvalroq Samarqand davlat universitetining 23 yoshli talabasi (qiz bola) universitet yotoqxonasining 9-qavatidan tushib ketib, vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur hodisa yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, qizning vafoti bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.
“Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi prokuratura xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 mart kuni tungi soat taxminan 02:03 da Pastdarg‘om tumanida yashagan 1999 yilda tug‘ilgan E.S. Samarqand shahri Spitamenshoh ko‘chasida joylashgan talabalar turar joyining 9-qavatidan tushib ketgan. Buning oqibatida E.S. voqea joyida vafot etgan.
LiveBarchasi