Samarqandda tadbirkordan 10 ming “ko‘kat” talab qilgan bozor rahbari ushlandi
Jamiyat
−
09 yanvar 2021
7469Samarqand viloyati tumanlaridan biridagi markaziy dehqon bozori rahbari va uning ukasi mahalliy fuqaroga tikuvchilik sexi va do‘kon qurishi uchun yer ajratib berishni va’da qilib, evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aka-uka “uddaburonlar” dastlab do‘kon qurilishiga ruxsatnoma chiqartirib berish evaziga 5 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” rahbari 15 ming dollar pora bilan ushlangan edi.
Shuningdek, Toshkentda tadbirkordan 15 ming dollar pora talab qilgan bank raisi qo‘lga olindi.
LiveBarchasi