Samarqandda ta’lim sohasi mulozimi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
19 noyabr 2021
9246Joriy yilning 16 noyabr kuni Samarqanddagi tumanlardan birida Xalq ta’limi bo‘limi mudirining o‘rinbosari 300 dollar pora bilan ushlandi. Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda prokuratura va prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir chog‘ida viloyatdagi tumanlarning birida xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari lavozimida ishlovchi fuqaro R.T. xizmat mavqeidan foydalanib mahalliy fuqarodan tuman maktablarining biriga o‘qituvchilikka ishga qo‘yishini va’da qilib undan 300 AQSH dollari miqdordagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat bo‘yicha fuqaro R.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi