Samarqandda Suriyadagi terrorchilarga qo‘shilish orzusidagi shaxs ushlandi
3-sahifa
−
19 mart 2022
7192Samarqandda Suriyaga borib, terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar emissarlari ta’siriga tushib, Suriyadagi terroristik tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan 24 yoshli fuqaro ushlangan. U viloyatning Narpay tumanida istiqomat qilgan.
Xabarga ko‘ra, hozirda, mazkur fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Chinozda Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilish orzusidagi “jihodchilar” qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi