Samarqandda Spark “peshexod”dan o‘tayotgan piyodani urib yubordi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Samarqand shahrida Spark haydovchisi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 4 iyul kuni soat 17:30 larda 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi X.T. Spark rusumli avtomobilda Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasi bo‘ylab Beruniy ko‘chasi tomon harakatlanayotgan vaqtida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan, 1965 yilda tug‘ilgan D.M.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda D.M. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing