Samarqandda Spark beton to‘siqqa borib urildi. Qurbon bor

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Samarqand viloyati Toyloq tumanida Spark beton to‘siqqa borib urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, kecha, 5 iyul kuni Samarqandda Spark rusumli avtomobil harakatlanib kelayotgan vaqtda tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgan, haydovchi yonidagi yo‘lovchi shifoxonaga joylashtirilgan. 

Qayd etilishicha, YTH viloyatdagi Toyloq tumani hududidan o‘tuvchi M-39 Bishkek – Olma-ota – Toshkent – Termiz avtomobil yo‘lining 1082-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman tergov bo‘linmasi tomonidan dastlabki surishtiruv jarayonlari o‘tkazilyapti.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing