Samarqandda sobiq IIB xodimi 14 yoshli qizni o‘g‘irlab ketdi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida 38 yoshli erkak 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizni o‘g‘irlab ketdi. Hozirda gumonlanuvchi shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Kecha, 8 mart kuni Samarqand shahrida soat taxminan 8:00 larda 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro S.U. mast holda Nexia-3 mashinasi bilan o‘quv markazi oldida turgan 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga o‘zini kirakash deb tanishtirgan. Fuqaro S.U. qizni uyiga olib borishini aytib, aldab mashinaga o‘tirg‘izgan. Ammo uyiga olib bormasdan, mashinani boshqa tomonga boshqarib ketgan.

Voyaga yetmagan qiz mashinadan tushib qolmoqchi bo‘lganda S.U. avtomobil eshiklarini qulflab qo‘ygan. U mashinani Oqdaryo tumani Boshdarxon mahallasi, Yangi obod qishlog‘igacha boshqarib borgan. U avtomashinasini shinasi havo bosimi chiqib ketgani sababli avtomashinadan tushib, g‘ildiraklariga qarayotgan vaqtida qiz mashinadan tushib, qochib ketgan. Shundan so‘ng, qiz shu yerda bo‘lgan fuqarolardan yordam so‘ragan.

Holat yuzasidan qizning yaqinlari huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qilgan. 

Samarqand Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Jahongir Sagdullayevga ko‘ra, fuqaro S.U. sobiq IIB xodimi bo‘lgan hamda salbiy harakatlari uchun ishdan bo‘shatilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida S.U. qo‘lga olinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing