Samarqandda sifatsiz qurilishlar buzib tashlandi (video)

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida sifatsiz qurilish ob’ektlari buzib tashlandi. Bu haqda viloyat hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, cifatsiz qurilish ishlarini oldini olish, noqonuniy ob’ektlarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish maqsadida Samarqand viloyati bo‘ylab reyd tadbirlari yanada kuchaytirilgan.

“Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Umar Mirzayev tomonidan inspeksiyaning barcha xodimlari bilan ushbu masala yuzasidan muhokama o‘tkazilib, xodimlar hududlar bo‘ylab yo‘naltirildi” deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan yanada kuchaytirilgan tartibda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand shahrining Qorasuv massivida “Me’mor kompleks” MCHJ tomonidan qurilayotgan maktab binosida bir qator qoidabuzarliklar aniqlangan.

Shuningdek, nazorat tadbirlari davomida ayrim sifatsiz ishlar aniqlanib, demontaj qildirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing