Samarqandda shifokorlarni sovuqda mashq qildirgan bosh vrach va hamshira ishdan olindi
Jamiyat
−
09 dekabr 2022
25961Avvalroq Samarqandda bosh vrach, shifokor va hamshiralarni jazolash uchun sovuqda ushlab turgani haqida xabar berilgandi. Ushbu holatga shahar tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Axmadjon Babajanov munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bugun, 9 dekabr kuni Samarqand shahar 10-sonli poliklinika bosh vrachi Z.T. va ushbu oilaviy poliklinika bosh hamshirasi N.K. egallab turgan vazifasidan ozod etilgan. Ular Mehnat kodeksining 99-moddasiga asosan ishdan bo‘shatilgan.
Bu haqdagi qaror shahar bosh vrachi Axmadjon Babajanov tomonidan imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu holatga Sog‘liqni saqlash vazirligi poliklinika tibbiyot xodimlari har ish kunini badantarbiya mashqlari bilan boshlashga odatlanganini, ushbu mashg‘ulotlar ham poliklinika binosi ichida, ham tashqi hovlisida bajariladi deb munosabat bergandi.
LiveBarchasi