Samarqandda shamol ko‘p qavatli uy tomini uchirib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 yanvar kuni Samarqand shahrida kuchli shamol oqibatida ko‘p qavatli uylardan birining tomi uchib ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida kuchli shamol esishi oqibatida soat 03:22 da “Gagarin” ko‘chasida joylashgan 36-uyning tom qoplamasi uchib tushgan.

Sodir bo‘lgan holat natijasida jabrlanganlar yo‘q. 

Ma’lumot uchun, viloyat Gidrometeorologiya xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 16 yanvar kuni soat 03:17 larda Samarqand shahrida 15 m/s tezlikda shamol esgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

268

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made