Samarqandda profilaktika inspektori YTH natijasida vafot etdi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2020
9639Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 31 yoshli profilaktika inspektori xizmat faoliyatini olib borayotgan vaqtida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
YTH joriy yilning 1 sentyabr kuni soat 23:00 atrofida Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida sodir bo‘lgan. Tumandagi Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori Ravshan Boqiyev tuman hududidan o‘tgan 4R-46 avtomobil yo‘lida xizmat vazifasini o‘tayotgan bo‘lgan. Spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan Damas avtomashina haydovchisi profilaktika inspektori va 2 nafar fuqaroni urib yuborgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, Ravshan Boqiyev vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, xuddi shunday holat kuni kecha poytaxt Toshkentda ham ro‘y bergandi. Joriy yilning 1 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida YPX inspektori serjant Salim Umarov jarohatlanganib, shifoxonaning Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan edi. YPX xodimi uch kunlik muolajalardan keyin vafot etgandi.
LiveBarchasi