Samarqandda PPX inspektori xizmat mashinasida Damas bilan to‘qnashdi
3-sahifa
−
10 Oktabr 2025 4995 1 daqiqa
Samarqand shahrida Patrul-post xizmati inspektori boshqaruvida bo‘lgan xizmat avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 9 oktyabr kuni soat 14:15 larda Samarqand shahrining Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida yuz bergan. Nexia-3 rusumli xizmat avtomashinasi Damas avtomobilining orqa qismiga borib urilgan.
Zarba ta’sirida Damas oldinda turgan yana bir Damas hamda Lacetti avtomobiliga to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida inspektor va Damas haydovchisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga ambulator yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda voqea bo‘yicha Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida haydovchilik guvohnamasini olib berish evaziga 1500 dollar talab qilgan inspektor qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi