Toshkentda PPX inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida haydovchilik guvohnamasini olib berish evaziga 1500 dollar talab qilgan inspektor qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati inspektori xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan holda o‘zganing ishonchiga kirgan. Inspektor Navoiy viloyatida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan tanishini davlat imtihonidan muvaffaqqiyatli o‘tkazib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishini va’da qilgan. 

Poytaxtning Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor 1500 dollar va kirish imtihoni uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 mln 900 ming so‘m pul mablag‘larini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- (firibgarlik) va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Bildirilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pora PPX haydovchilik guvohnamasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing