Samarqandda ommaviy janjal boshlashga uringanlar qamoqqa olindi
3-sahifa
−
23 iyul 2022 27471 1 daqiqa
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida ommaviy janjal boshlashga uringan olti kishi qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pastdarg‘om tumani Zangiboyi mahallasi hududidagi oshxonalarning birida ikki kishi ovqatlanib o‘tirgan. Biroq tumanning Baxshiboyi mahallasida yashovchi, oshxona mijozlariga oldindan tanish bo‘lgan Sindor, Asad, Ramziddin, Kamron, Ma’ruf hamda Ali ismli shaxslar mast holatda hech bir sababsiz baqir-chaqir qilib, ularni yoniga chaqirgan va salomlashmaganini vaj qilib, janjal ko‘targan.

Aniqlanishicha, tumandagi Zangiboyi va Baxshiboyi mahallalarida yashovchi ushbu shaxslar o‘rtasida avvaldan kelishmovchilik bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu janjalga yetakchilik qilgan 6 nafar shaxsga nisbatan Samarqand viloyati IIB xuzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdorlar Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Live
Barchasi