Samarqandda oltin kovlashga chiqqan 2 yigit vafot etdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida oltin kovlashga chiqqan 2 fuqaro vafot etdi. Buni Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga tasdiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 9 yanvar kuni kechqurun “Qoraqo‘ton” tog‘ konidagi shaxtadan toshlarni kovlab olayotgan 5 kishi generatordan chiqqan gazdan zaharlangan. Ularning 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 kishi is gazidan zaharlanish bilan 10 yanvar kuni soat 03:30 larda tuman markaziy shifoxonasiga keltirilgan.

Bildirilishicha, hozirda 2 nafar marhumning o‘limi yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan Paxtachi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

oltin Samarqand Paxtachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing