Samarqandda noqonuniy oltin qazuvchilar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda tarkibida oltin moddasi mavjud bo‘lgan taxminan 7,5 tonna ruda toshlarni noqonuniy qazib olgan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida tarkibida sof oltin moddasi bo‘lgan ruda toshlarni talon-taroj qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qo‘lga olingan. 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Paxtachi tumanida 1984 yilda tug‘ilgan D.A. va 1992 yilda tug‘ilgan B.Sh. yashash xonadonlarida noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi mavjud bo‘lgan taxminan 7,5 tonna ruda toshlar, 4 ta qum tegirmoni hamda 1 ta qum quritish pechi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

748

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing