Samarqandda noqonuniy oltin qazib olayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda noqonuniy oltin qazish bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida oltin rudalarini noqonuniy qazish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘shrabot tumanida joylashgan “Minishkor” MFY hududidagi yaroqsiz holatga kelib qolgan yerosti shaxtasi mahalliy aholi tomonidan o‘zlashtirib olingan. Ular muntazam ravishda atrof-muhitga ziyon yetkazib, noqonuniy ravishda yerosti ma’danli toshlarni qazish, oltin ajratib olish, qayta ishlash va sotish bilan shug‘ullangan. Shu bilan birga, maydalangan toshlarni yuvishda foydalanilgan oqova suv oqizilishi oqibatida atrof-muhitga ziyon yetkazib kelingan.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan “Minishkor” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1984 yilda tug‘ilgan mavsumiy ishchi X.X., 1997 yilda tug‘ilgan sport maktabi murabbiyi N.O., 1987 yilda tug‘ilgan tuman obodonlashtirish bo‘limi ishchisi O.S.lar noqonuniy tarzda oltin rudalarini qazish bilan shug‘ullanayotgani aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu shaxtada Navoiy shahri, Xatirchi, Qo‘shrabot, Paxtachi tumanlarida istiqomat qiluvchi yana 9 nafar fuqaro ham noqonuniy faoliyat olib borgani fosh etilgan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Navoiydagi oltin konidan 30 yoshli erkakning jasadi topilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

oltin Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing