Samarqandda Nexia-3 yerto‘laga tushib ketdi
3-sahifa
−
10 mart 2023 6557 1 daqiqa
Samarqand viloyati Samarqand shahrida Nexia-3 avtomashinasi yangi qurilayotgan binoning yerto‘lasiga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 7 mart kuni soat 21:40 da shaharning Sadriddin Ayniy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Ushbu ko‘chada harakatlanayotgan Nexia-3 rusumli mashinaning haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng tomonida qurilish ishlari olib borilayotgan binoning ochiq turgan yerto‘lasiga tushib ketgan va harakatdan to‘xtagan.
Hodisa oqibatida avtomashina haydovchisi yengil tan jarohati olgan. Voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinasi chaqirilib haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ketishga ruxsat berilgan.
“Holat yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr