Samarqandda Nexia-3 velosipedchini urib yubordi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Samarqandda Nexia-3 velosipedchini urib yubordi

Samarqand shahrida Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi velosipedchini urib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xio‘mati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 19 aprel kuni soat 07:30 larda Samarqand viloyati Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasida, haydovchi S.M. Nexia-3 rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan velosipedchi A.A.ni urib yuborib YTH sodir etgan.

Oqibatda 35 yoshli velosipedchi A.A. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tekshiruv davomida velosipedchining mastlik holatida bo‘lgani aniqlangan.

Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing