Samarqandda navbatchi shifokor va feldsher kaltaklandi
3-sahifa
−
17 iyul 2021
12981Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tibbiyot xodimlari kaltaklandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Unga ko‘ra, 15 iyul kuni soat 23:00 larda Pastdarg‘om tumani Qo‘shquduq mahallasida joylashgan qishloq vrachlik punktiga, shu mahallada yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan X.M. kelib, navbatchi shifokorga farzandini davolashga kelmaganligini aytib, shifokor T.F. va navbatchi feldsher N.I.ni urib tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi