Samarqandda mudhish YTH: 4 kishi yonib ketdi

3-sahifa

image

Samarqandda Nexia rusumli avtomobil beton to‘siqqa urilib, pastlikka ag‘darildi va yonib ketdi. Oqibatda 4 nafar yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 6 may kuni Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi Samarqand-Qarshi yo‘nalishidagi A-378 avtomobil yo‘lining 22-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Yo‘lda harakatlanib ketayotgan Nexia haydovchisi uxlab qolib,  beton to‘siqqa urilgan va pastlikka ag‘darilgan.

Oqibatda  avtomobilda yong‘in kelib chiqqan. Mashina ichidagi to‘rt nafar fuqaro yong‘in sababli vafot etgan. Haydovchi esa og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Vafot etganlarning orasida bir nafar 80 yoshli erkak, bir nafar 70 yoshli ayol va 11 yoshli qizaloq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

560

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing