Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Samarqandda MMTB kutubxonasida yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida joylashgan kutubxonalardan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 14 mart kuni soat 22:50 da Samarqand shahar Shoxruh Mirzo ko‘chasida joylashgan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqamasi tasarrufidagi kutubxonada yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida viloyat FVB ga xabar berilgan. Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 22:57 da yetib borib, soat 23:55 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida binoning shift va tom qismi qisman yonib, zararlangan. Ushbu yong‘in kutubxonaning ma’muriy binosida sodir bo‘lgan hamda kutubxonadagi kitoblarga hech qanday zarar yetmagan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobcha hovlisida 2 ta 9 tonnali sig‘im yonib ketgan edi. Yong‘in oqibatida 2 nafar fuqarolar kuyish tan jarohatini olgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing