Samarqandda maktab “zamdirektor”i pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda maktab direktori o‘rinbosari 300 dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilishinicha, Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqaro A. ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida o‘qishga kirish tartibi bilan qiziqib yurgan vaqtida, Samarqand shahar XTBga qarashli 8-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori o‘rinbosari D.Z. bilan tanishib qolganini, u 400 AQSH dollari evaziga 11 yillik ta’limni olgani to‘g‘risida shahodatnoma rasmiylashtirib berishini aytganini yozgan. 

Fuqaro A. maktab direktori o‘rinbosari D.Z. 100 AQSH dollarini oldindan olganini va hozirda qolgan 300 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganini qo‘shimcha qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, joriy yilning 4 iyul kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan 8-sonli maktab binosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, D.Z. xizmat xonasida ariza muallifidan talab qilgan 300 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

370

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing