Samarqandda maktab o‘quvchisi 25 yoshli yigit o‘limiga sabab bo‘ldi

3-sahifa

image

Samarqandda 19 yoshli maktab o‘quvchisi sodir etgan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir inson vafot etdi.  Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabning 11 sinfida o‘qiydigan fuqaro avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishi natijasida YTH sodir etgan va 1995 yilda tug‘ilgan shifokor yigit o‘limiga sabab bo‘lgan.

“Voqea sodir bo‘lgan joyda o‘g‘limga hech qanday yordam berilmagan. Haydovchining ota-onasi ham voqea joyiga kelgan lekin shifoxonaga olib borishmagan. O‘sha yerda bo‘lgan begona inson o‘g‘limga yordam ko‘rsatgan”, deydi marhumning otasi.  

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan aybdor deb topib, 3 yil davomida transport vositalarini boshqarmaslik hamda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

336

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing