Samarqandda kuchli yomg‘ir sabab suv toshqini kuzatilmoqda (video)

Jamiyat

image

Kecha, 19 aprel kuni Samarqand viloyatining ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yomg‘ir suvlari to‘planib qolish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Urgut tumani hududlarida qisqa vaqt ichida ko‘p miqdordagi yomg‘ir yog‘ishi va yomg‘ir suvlari yig‘ilib, suv o‘tkazish tizimiga sig‘masdan toshib chiqishi holati kuzatilgan.

“Ushbu hodisalardan fuqarolarning jabrlanishi va binolarga talafot yetishi holatlari bo‘yicha ma’lumotlar kelib tushmagan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, hozirda FVB, IIB, hokimlik va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 20−23 aprel kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududlar orasida Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari ham qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand yomg'ir Urgut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing