Samarqandda ko‘chaning o‘rtasida 2 erkak 2 nafar ayolni do‘pposladi (video)
3-sahifa
−
30 iyul 2022 35249 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar yigit ikki ayolni tepib, kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21 iyul kuni Samarqand tumani “Yangiariq” MFY hududida 1980 yilda tug‘ilgan S.R. 1987 yilda tug‘ilgan A.B. hamda 1991 yilda tug‘ilgan I.Sh va Yo.I. o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida o‘zaro janjal sodir bo‘lgan.
Janjalda S.R. va A.B. I.Sh va Yo.I.ni urib, ularga tan jarohati yetkazgan.
Hodisa joyiga tuman IIB xodimlari chiqib, holat rasmiylashtirilgan.
Hozirda Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr