Samarqandda ko‘chalar va xonadonlarni suv bosdi
Jamiyat
−
19 Oktabr 2022
10588Bugun, 19 oktyabr kuni Samarqand viloyatida kuchli yog‘ingarchilik sabab yo‘llarni suv bosishi holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning shahar, tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan tegishli xizmatlar hamkorligida yog‘ingarchiliklar oqibatida yuzaga kelgan muammolar, ya’ni mahalla ko‘chalari va aholi hovlilariga to‘planayotgan suvlarni maxsus texnikalar yordamida tortish ishlari olib borilmoqda.
Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholidan irrigatsiya tarmoqlarining sozligiga e’tibor qaratishni so‘rab qoladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Bulung‘ur tumanida ko‘p yog‘ingarchilik ortidan, avtomobil yo‘lini sel suvlari yuvib o‘tgani haqida xabarlar tarqaldi.
LiveBarchasi