Samarqandda koronavirusga qarshi dori sotayotgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand shahrida koronavirusga qarshi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Samarqand viloyatida N.Yu. dori vositalarini dorixona va ularning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, M.ga xorijda ishlab chiqarilgan COVID-19 infeksiyasini davolashda keng qo‘llaniladigan “Remdesivir” nomli dori vositasini sotishga kelishgan.

N.Yu. “Remdesivir” dori vositasini har birini 350 ming so‘mdan, jami 500 donasini 16 300 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing