Samarqandda konteyner ichidan 2 nafar yollanma ishchining jasadi topildi
3-sahifa
−
24 noyabr 2021
28334Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi konteyner ichida 2 nafar yollanma ishchinining jasadi topildi. Holat yuzasidan tuman hokimi baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Tuman hokimining “Pastdarg‘om tumanida baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilishicha, joriy yilning 17 noyabr kuni “Balxiyon” MFYda joylashgan “Agrokimyo ta’minot servis” MCHJning kirish darvozasi oldiga o‘rnatilgan “metall konteyner” ichidan 2 nafar yollanma ishchining jasadi topilgan. Ular noma’lum etiologik zaharlanish oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.
“Pastdarg‘om tumani hududida bu kabi baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida, uning aniq sabablarini tekshirish, bu kabi holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi”, deyiladi qarorda.
Shuningdek, qarorda tuman mas’ullariga hodisa yuzasidan komissiya tuzish va baxtsiz hodisa sababini o‘rganish vazifasi yuklangan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr