Samarqandda xotinini belkurak bilan urgan erkak 3 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Urgut tumanida xotinini bolalarining oldida belkurak bilan urgan erkak 3 yilga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hukmi bilan tanishdi.

Hukmga ko‘ra, sudlanuvchi 34 yoshli E.F. joriy yil 24 sentyabr kuni soat 19:00 larda Urgut tumani “Quyiqishloq” mahallasi hududida qaynukasi A.O. bilan o‘rtalaridagi kelishmovchilik sababli o‘zaro tortishib qolgan va soat 20:00 larda yashash uyiga kelib, turmush o‘rtog‘i A.M. ni ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining ko‘z o‘ngida ularga ruhan azob berayotganligini anglagan holda qo‘li va sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan belkurakning temir qismi bilan A.M. ning bosh va qo‘llariga bir necha marotaba urib, unga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazgan.

Joriy yilning 2 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida mazkur ish ko‘rilib, sudlanuvchi E.F. Jinoyat kodeksining 126 prim 1-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 5-qismi “v,i” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Uning jazoni manzil-koloniyalarda o‘tashi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida ov miltig‘i bilan xotinini otib qo‘ygan er bir yil muddatga qamalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand zo'ravonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing