Samarqandda xavfsizlik choralari kuchaytirildi – OAV

Jamiyat

image

Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti munosabati bilan O‘zbekiston hukumati Samarqandda xavfsizlik choralarini kuchaytirdi va bugun, 10 noyabr kuni noodatiy darajada gavjum bo‘lgan qadimiy shaharning temir yo‘l vokzalida bunday qadamning natijasi allaqachon ko‘zga tashlanmoqda. Bu haqda TASS yozgan.

“Shaharga, shu jumladan temir yo‘l orqali kirish keskin cheklangan, bizning stansiya bir necha kun davomida faqat tranzit yo‘lovchi poyezdlarini qabul qiladi, ular asosan sammit ishtirokchilari va mehmonlarini, shuningdek, OAV vakillarini Samarqandga olib keladi”, degan stansiya navbatchisi TASSga.

Bundan tashqari, shaharning ba’zi ko‘chalarida transport harakati cheklangan, bu vokzalga yaqin ko‘chalarda ham seziladi, bu yerda asosan davlat idoralari avtomobillari va ushbu tadbir uchun maxsus berilgan raqamlarga ega avtobuslar mavjud. 

“9 noyabrdan buyon aksariyat chorrahalarga zirhli texnika va ichki ishlar organlari hamda milliy gvardiyaning kuchaytirilgan otryadlari joylashtirildi. Tadbirdan bir necha kun oldin Samarqandga kelgan barcha yo‘lovchi va charter reyslari bekor qilindi, norezident avtotransport vositalarining kirishi keskin cheklandi. Ayrim hududlar transport harakati uchun butunlay yopiq”, deb yozmoqda TASS. 

Eslatib o‘tamiz, 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan tadbirda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

440

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing