Samarqandda qizlarni fohishalikka sotayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda ikki qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 yanvar kuni Samarqand viloyat IIB boshlig‘i nomiga fuqaro S. ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatda Samarqand shahrida yashovchi N.A. ismli shaxs M. va Sh. ismli qizlarni Turkiyaga fohishalikka yuborishini aytib, ulardan 3500 dollar miqdorida pul so‘raganini bildirgan va N.A.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ariza yuzasidan Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Toyloq tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilganda Samarqand shahar Shota Rustaveli ko‘chasida yashovchi N.A. ismli shaxs M. va Sh. ismli qizlarni Turkiyaga fohishalikka yuborish uchun kelishilgan 3500 dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi "b" bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing