Samarqandda Qatar Amirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi (foto)
Jamiyat
−
06 iyun 2023 9530 1 daqiqa
Bugun, 6 iyun kuni Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni Samarqand shahrida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.


Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari Samarqand shahrida Qatar rahbarini rasmiy kutib olish marosimidan boshlangan.

O‘zbekiston Prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qilgan.

Shuningdek, harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etgan. Keltirilishicha, davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiya a’zolarini qutlagan.


Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025