Samarqandda qabriston yonib ketdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 8 iyun kuni soat 15:01 da Oqdaryo tumani “Mustaqillik” mahallasida joylashgan “Qang‘li” qabristonida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida tuman FVBga xabar kelib tushgan. 

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:05 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:28 da bartaraf etilgan. 

Hodisa oqibatida taxminan 4 sotix maydonda quruq o‘t yongan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing