Samarqandda ikki soliqchi besh yilga qamaldi
3-sahifa
−
09 yanvar
9475Samarqandda ikki nafar soliq inspeksiyasi xodimi pora olgani uchun qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand tumani soliq inspeksiyasi xodimi Bulung‘ur tumanida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi fuqaroga soliqlardan asossiz hisoblangan qarzdorlikni kamaytirishda yordam berishini aytgan.
Soliq inspektori ushbu “xizmati” evaziga 1000 AQSH dollari talab qiladi. U tadbirkorning qariyb 300 mln so‘mlik soliq va penya qarzdorligini kamaytirishda Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasida kameral soliq tekshiruvlari sho‘’basi boshlig‘ini sherik qiladi.
Soliqchi Samarqand shahridagi kafelardan birida tadbirkordan kelishilgan pulning 500 dollarini olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida soliq xodimlari Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
LiveBarchasi