Samarqandda ikki qavatli savdo majmuasi yonib ketdi
3-sahifa
−
12 may 2022 7131 1 daqiqa
Bugun, 12 may kuni tunda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi savdo majmuasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, tungi soat 00:33 da Qo‘shrabot tumani “Namuna” MFYda joylashgan "Entrogroplyus" MCHJga qarashli ikki qavatli savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Ular yong‘in joyiga soat 00:42 da yetib borgan va soat 03:52 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida savdo majmuasining taxminan 250 kv.m maydonda shift, tom qismi, birinchi qavatda oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnikalari va boshqa turdagi jihozlar yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.