Samarqandda IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan talonchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida poyezdga o‘g‘rilikka tushkan shaxs  o‘zini ko‘rib qolgan IIB xodimiga jarohat yetkazgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Paxtachi tumani “Ziyovuddin” shaharchasi “Abdulla Qodiriy” ko‘chasida yashovchi, 30 yoshli A.O. muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi 1-qismi, 277-moddasi 1-qismi va 109-moddasi 1-qismlari bilan sudlangan.  U joriy yilning 24 iyun kuni “Ziyovuddin” temir yo‘l bekatida ruda toshlari ortilgan yuk vagoniga chiqib, ruda qazilma toshlarini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Shu vaqtda voqea joyida xizmat vazifasini o‘tayotgan kichik serjant K.Rasulov ushbu holatni ko‘rib qolib, A.O.ni to‘xtatgan. Fuqaro esa IIB xodimiga faol qarshilik ko‘rsatib, unga tan jarohati yetkazgan.

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan A.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat Protsessual Kodeksining 221-moddasi tartibida qo‘lga olingan.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing