Samarqandda II Markaziy Osiyo sudyalar muloqoti boshlandi

Jamiyat

image

YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir bilan hamkorlikda ikkinchi marotaba tashkillashtirilayotgan xalqaro darajadagi ikki kunlik tadbirda YeXHT mintaqasi va Markaziy Osiyo davlatlaridan 40 dan ziyod yuqori malakali ekspert-mutaxassislar, yurist-huquqshunoslar, sudyalar ishtirok etmoqda.

Xalqaro anjumanda OAV va so‘z erkinligini ta’minlashda milliy sud tizimlarining o‘rni bo‘yicha mavzular muhokama qilinadi. Ushbu tadbir dunyo miqyosidagi yangi tendensiyalar, so‘z erkinligi hamda ommaviy axborot vositalarining cheklov va to‘siqlarsiz faoliyat yuritishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun, shuningdek, bu borada yuzaga keladigan muammolarni hal etish bo‘yicha fikr va tajriba almashish uchun platforma bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumki, ayrim hollarda sud hokimiyati milliy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurashish va jamoatchilikni himoya qilish fikrlaridan kelib chiqib, so‘z erkinligini cheklashga yon bosishga majbur bo‘ladilar. Shundan kelib chiqib, “II Markaziy Osiyo sudyalar muloqoti” doirasida so‘z va OAV erkinligi borasida xalqaro standartlar muhokama qilinadi, shuningdek, milliy xavfsizlik, adovat, tahqirlash, diffamatsiya, ya’ni tuhmat masalalari ham keng qamrovda ko‘rib chiqiladi.

Xalqaro anjumanni YeXHTning OAV erkiniligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir va Milliy mass-mediani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik fondi Vasiylik kengashining raisi Komil Allamjonov ochib berdi.

Muloqotning birinchi kunida uchta asosiy sessiya bo‘yicha nutqlar tinglanadi va fikr almashiladi.

Jumladan:
- xavfsizlik masalalari, jamoatchilik manfaati va so‘z erkinligi; 
- Markaziy Osiyoda millatlararo va diniy adovatni qo‘zg‘atishga qarshi huquqiy choralar;
- Markaziy Osiyo va YeXHT hududida diffamatsiya bo‘yicha nizom to‘g‘risida bahs-munozaralar bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda, shuningdek, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, Oliy sud raisi o‘rinbosari Baxtiyor Isakov, chet ellik mutaxassislar so‘zga chiqishadi.

Muloqotning ikkinchi kunida Markaziy Osiyo mintaqasida pretsedent qarorlar taqdimoti o‘tkaziladi. Unda adovat keltirib chiqarishga oid sud ishlari, shuningdek, internet OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi tuhmat va haqorat masalalari muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Markaziy Osiyo

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing