Samarqandda gaz ta’minoti korxonasida portlash sodir bo‘ldi 

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti korxonasida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki xodim hamda ikki nafar fuqaro tan jarohati oldi. Bu haqda Toyloq tumani hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 mart kuni soat 15:00 larda “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi elektron gaz hisoblagich muhandisining xizmat xonasida portlash sodir bo‘lgan. Buning oqibatida gaz ta’minoti bo‘limining 2 nafar xodimi hamda 2 nafar murojaat bilan kelgan fuqaro tan jarohati olgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur xonada o‘rnatilgan va ishlab turgan konditsioner chaqnashi natijasida xonada portlash sodir bo‘lgani aniqlangan. Voqea joyidan nosoz holatda kelgan bir dona konditsioner ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

186

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing