Samarqandda fuqaroni AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lgan haydovchi ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda 30 ming AQSH dollari evaziga fuqaroni Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘natishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Samarqandda haydovchilik bilan shug‘ullanuvchi fuqaro S.P. fuqaro G‘.A.ning ishonchiga kirib, uni 30 ming dollar evaziga tanishlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishni va’da qilgan. 

U fuqaro G‘.A.ga oldindan 10 ming dollar berishi kerakligini, qolgan 20 ming dollarni esa AQSHga yetib borganidan so‘ng berishi mumkinligini aytgan.

Xususan, fuqaro S.P. “mijozi” G‘.A.dan kelishilgan pulning 10 ming dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olinib, daliliy ashyolar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda holat yuzasidan S.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda er-xotinni AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing