Samarqandda fuqarolarni Isroilga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
3-sahifa
−
24 Sentabr
2421Samarqand shahrida Isroilga ishga yuborish evaziga firibgarlik bilan 52 700 dollar olgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan U.V. va F.F. uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Isroil davlatiga ishga yuborishlari evaziga jami 52 700 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. U.V. va F.F. o‘z aybiga iqror bo‘lib, fuqarolardan qo‘lga kiritgan pullari hisobidan 7 000 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Xuddi shunday, Samarqand shahridagi “E.L.” nodavlat ta’lim muassasasi ish yurituvchisi U.H. fuqarolar Z.Z. va B.A.ni ushbu o‘quv markazida o‘qitib, keyinchalik Isroil davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 6 700 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Nurobod tumanida fuqaroni Angliya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlangan edi.