Samarqandda fuqarolarni AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Payariq tumanida fuqaroni 24 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro X.K. fuqarolar Sh.Z. va B.R.ning ishonchiga kirib, ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini va’da qilgan. O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvga ko‘ra, X.K. fuqarolarning  har biridan 12 000 AQSH dollaridan jami 24 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan va ushbu pullar hisobidan 4 000 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fuqarolarni Yevropaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Samarqand firibgar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing