Samarqandda fuqarolar o‘rtasidagi janjalda odam o‘lgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda bir necha shaxslar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 28 avgust kuni Toyloq tumani "Bog‘izog‘on" mahallasi hududida sodir bo‘lgan.

O‘zaro tanish bo‘lgan ikki nafar fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida janjal sodir bo‘lgan.

Janjal bo‘yicha ichki ishlar organlari yoki tibbiyot bo‘limlariga biror-bir xabar yoki murojaat kelib tushmagan. 

"Tarmoqlarda janjal o‘lim bilan yakunlangani haqida tarqatilgan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Hodisada vafot etganlar yo‘q", deyiladi IIB xabarida.

Hozirda janjal ishtirokchilarining shaxsi aniqlangan. Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

867

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing