Samarqandda fuqaro hovlisida 2 ming tup kannabis yetishtirgani aniqlandi
Jamiyat
−
07 avgust 2021
6902Samarqand viloyatida 2160 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 7 avgust kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Jomboy tumani “Olmazor” mahallasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan B.E. ning yashash uyi hovlisida tintuv o‘tkazilgan.
Tintuv davomida ushbu shaxsning tomorqasidan 2160 tup kannabis giyohvandlik vositalariga o‘xshash o‘simlik ekilgani aniqlangan.
Shuningdek, ushbu hovlidan 512 tup quruq holdagi kannabis giyohvandlik vositalari, uyidagi ovqat pishirish pechi ichidan 100 gramm kannabis giyohvandlik vositasining urug‘i saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 9 iyul kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi olma bog‘ida giyohvand modda yetishtirgan shaxs aniqlangan edi.
LiveBarchasi