Samarqandda fermer xo‘jaligi yerini 50 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida fermer xo‘jaligi yerini 50 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “D.” fermer xo‘jaligi rahbari I.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, xo‘jalikning 1 gektar yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan fuqaro A.ga 50 ming AQSH dollari hamda 1 dona “Nexia-3” rusumli avtomobil evaziga sotishni rejalashtirishib, 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing