Samarqandda DXA katta mutaxassisi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
21 mart 2022
11832Samarqand viloyat boshqarmasining Ishtixon tuman Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi R.B. 6 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1995 yilda tug‘ilgan R.B. xizmat vakolatidan foydalangan holda Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro R.Sh. bilan jinoiy til biriktirgan. Ular tikuvchilik hamda pishiriq ishlab chiqarish sexlari qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga mahalliy fuqarodan 12 ming dollar talab qilgan.
Kelishilgan mablag‘dan 6 ming AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida, jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Xabarga ko‘ra, hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Xorazmda bandlikka ko‘maklashish markazi xodimi pora bilan ushlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi