Samarqandda DXA katta mutaxassisi $6 000 bilan ushlandi
3-sahifa
−
24 mart 2022 8819 1 daqiqa
Samarqandda Davlat xizmatlari agentligining Ishtixon tuman bo‘limi katta mutaxassisi 6 000 AQSH dollari bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat xizmatlari agentligining Ishtixon tuman bo‘limi katta mutaxassisi B.R., “B.S.” MCHJga issiqxona uchun ajratilgan yer maydonini tanishlari yordamida tikuvchilik va pishiriq ishlab chiqarish sexi qurishga hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilgan. Buning evaziga esa 12 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 6 000 dollarini tanishi Sh.R. orqali olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025